Isteʼmolchi Federatsiya rahbariga minnatdorchilik xati yozdi
– Ushbuni mazmuni shundan iboratki, men 2018 yilning 31 oktyabrь kuni “Umid avto lizing” MChJ bilan shartnoma imzolab, NEKSIYa-3 rusumli avtomobilni lizingga sotib olmoqchi bo`ldim, – deydi Federatsiya raisi J.Sarimsoqov nomiga yozgan minnatdorchilik xatida Rishtonlik X.O`lmasov.
– Shartnoma imzolangandan so`ng, oldindan to`lov summasi 34750000 (o`ttiz to`rt million yetti yuz ellik ming) so`mni MChJ hisob raqamiga naqd to`lab berdim. Lizing kompaniyasi avtomashinani 150 kun ichida olib berishlarini aytdi. Аytilgan muddat kelgandan so`ng ularga murojaat qildim, lekin kelishilgan mashina berilmadi. Ushbu holatdan so`ng Bosh prokruraturaning ishonch telefoniga murojaat qildim, lekin muammo hal bo`lmadi. Bir yillik sarson – sargardonchilikdan so`ng Farg`ona shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qildim. Tashkilot rahbari ko`rsatmasiga asosan shahar jamiyati mutaxassisi Rustamjon Maradjapov belgilangan tartibda huquqiy hujjatlar bilan ish olib bordi va sudga daʼvo ariza kiritdi. Taqdim etilgan daʼvo arizasiga asosan sud tomonidan kelishuvga kelindi va ”Umid avto lizing” MChJ 16.01.2020 yil kuni men tomonimdan to`langan 34750000 so`mni shaxsiy plastik kartamga o`tkazib berishdi.
Federatsiya tizimida shunday mutaxassislar ishlayotganidan juda xursand bo`ldim. Siz va Siz boshchiligingizdagi Federatsiya xodimlariga o`z minnatdorchiligimni bildiraman. Kelgusi ishlaringa omad tilagan holda katta rahmat deyman.
Hurmat bilan X.Oʼlmasov
Post Comment