Yoshlarimiz har tomonlama bilimli va yetuk mutaxassis bo`lmog`i kerak
Farg`ona viloyat yuridik kollejida “Isteʼmolchilar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida maʼrifiy tadbir tashkillandi. Tadbir Farg`ona shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tashkillanib, Monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasi va viloyat hududiy birlashma hamkorligida o`tkazildi. Bo`lg`usi huquqshunoslarga mamlakatimizda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risidagi qonunchilik asoslari, isteʼmolchilik ijtimoiy harakati, sohaga oid yangi qonunlar va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berib o`tildi.
Tadbir o`quvchi yoshlarning faol ishtirokida, qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda o`tdi.
Hududiy birlashma Аxborot xizmati
Post Comment