Hududiy birlashma jamoasi taqdirlandi

Hududiy birlashma jamoasi taqdirlandi

Oʼzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida mehnat faoliyati olib borayotgan yoshlar oʼrtasida «Yangi Oʼzbekistonning bunyodkorlarimiz» shiori ostida oʼtkazilgan Forumni tashkillash va oʼtkazishdagi samarali mehnatlari uchun Fargʼona viloyat hududiy birlashmasi jamoasi Federatsiyaning «Faxriy yorligʼi» bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Forum doirasida Federatsiya raisi J.Sarimsoqovning «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi loyihasi asosida tizim yoshlari bilan oʼtkazgan ochiq muloqoti davomida hududiy birlashma mutaxassisi Аvazbek Аxmadjonov, Dangʼara va Rishton tuman jamiyatlari raislari Saidamir Gʼulomqodirov va Аbror Sobirovlar Federatsiya raisining «Tashakkurnoma»si va qimmatli sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Post Comment