Nuqsonli tovar va uni almashtirish muddatlarini bilasizmi? (videomaterial)

Nuqsonli tovar va uni almashtirish muddatlarini bilasizmi? (videomaterial)

Аmaldagi «Isteʼmolchilarning uhquqlarini himoya qilish toʼgʼrisida»gi qonunning 1-moddasiga koʼra:

tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni — tovar (ish, xizmat)ning normativ hujjatlarning majburiy talablariga, shartnoma shartlariga yoxud tovar (ish, xizmat)ning sifatiga odatda qoʼyiladigan talablarga nomuvofiqligidir.

tovar (ish, xizmat)ning jiddiy nuqsoni — tovar (ish, xizmat)dan belgilangan maqsadda foydalanib boʼlmaydigan qilib qoʼyadigan yoxud bartaraf etish uchun koʼp mehnat va vaqt sarflash talab qiladigan kamchilikdir.

Qonunning 14-moddasiga koʼra:

Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʼshimcha ravishda tekshirish zarur boʼlganida esa, isteʼmolchi talab qoʼygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.

Аyni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʼlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʼl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda isteʼmolchining bunday talabi ushbu joylarga navbatdagi tovar yetkazib berish uchun ketadigan muddat ichida, lekin ikki oydan kechiktirmay qondirilishi lozim.

Bu borada istemolchi-info.uz tomonidan tayyorlangan quyidagi rolikni tomosha qilishni tavsiya etamiz:

Hududiy birlashma Аxborot xizmati

Post Comment