Tibbiyot muassasalarida ahvol qanday?

Tibbiyot muassasalarida ahvol qanday?

Bugun koronavirus pandemiyasi bilan kurashish ishlarini to`g`ri tashkillash, shuningdek mavjud tibbiyot muassasalarining holati, ularning har qanday yuklamalarga tayyorligi, kelib-ketuvchilar uchun hozirlangan sharoitlar va xavfsizlik choralarining ko`rilganligi kabi holatlar har bir hudud rahbarining eʼtibor markazida turibdi.

Oltiariq tumani hokimi topshirig`i asosida tumandagi bir qator qishloq oilaviy poliklinikalarida bo`lib, mazkur muassasalarda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik. Oilaviy poliklinikalarning moddiy-texnik bazasi, ularda mavjud tibbiy uskunalar holati, zarur tibbiy anjomlar, shuningdek mutaxassislar bilan taʼminlanganligi, muassasada ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarining mavjudligi va ularning ishchi holatdaligi hamda kundalik ish faoliyatini tashkillash bilan bog`liq boshqa holatlarni o`rganishdan o`tkazdik.

O`rganish doirasida joyida hal etilishi mumkin bo`lgan masalalarni o`rnida hal etilib, yechimi qo`shimcha o`rganib chiqishni talab qiladiganlari esa tuman hokimi nomiga maʼlumotnoma tarzida kiritildi.

Baxtiyor Аbduraxmonov
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati raisi, tuman Kengashi deputati

Post Comment