Bepul bo`lgani bilan sifati ham qat’iy nazoratda

Bepul bo`lgani bilan sifati ham qat’iy nazoratda

Maʼlumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 avgustdagi 237-sonli qarori bilan “O`zgalar parvarishiga muhtoj bo`lgan yolg`iz keksalar va nogironlarni asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlari bilan bepul taʼminlash tartibi to`g`risidagi nizom” (qarorga 3-ilova) tasdiqlangan. Unga ko`ra, bunday shaxslar toifasiga Nizomda belgilangan talablarga mos keluvchi pensiya yoshidagi shaxslar hamda I va II guruh nogironlari kiritilgan. Bunday shaxslarga har oyda bir marotaba 14 turdagi oziq-ovqat va noziq-ovqat tovarlari hamda bunga qo`shimcha ravishda 4 turdagi tibbiy mahsulotlar (niqob, qo`lqop, antiseptik, antibekterial sovun) bepul beriladi.

Farg`ona shahrining Qirguli dahasida istiqomat qiluvchi V.S. ham shunday shaxslar toifasidan bo`lganligi sababli, belgilangan muddatlarda yuqoridagi mahsulotlar bilan taʼminlanib keladi. Lekin u oxirgi marotaba olib kelingan mahsulotlar ichidan “K zavtraku” nomli sariyog`idan biroz yoqimsiz hid kelayotganligi masalasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoniga murojaat qoldirgan.

Masala tegishliligi bo`yicha Farg`ona shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgach, masalaga aniqlik kiritish uchun mazkur fuqaroni ro`yxat asosidagi mahsulotlar bilan taʼminlash uchun biriktirilgan “Sharq Yulduzi” MChJ masʼullari bilan bog`lanildi. Tashkilot masʼullari shu kunning o`zida fuqaroning qo`lidagi mahsulotni almashtirib berib, masalani ijobiy hal etdilar.

–          Prezident portaliga qilgan murojaatim bo`yicha ijtimoiy himoya tashkiloti xodimi, mahalla fuqarolar yig`ini va taʼminlovchi korxona masʼullari kelishib, mahsulotni almashtirib berishdi. Mazkur masalada boshqa shikoyatlarim yo`q,deydi V.S. o`rganish ishlariga taqdim qilgan tushuntirishida.

 

Rustamjon Maradjapov

Farg`ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment