Tizimda 25 yanvardan 25 fevral’ kuniga qadar Targ‘ibot oyligi deb e’lon qilingan
Targ‘ibot oyligi doirasida korxona va tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 29.12.2020 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi bilan belgilab berilgan vazifalar, jumladan qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazoratini keng yo‘lga qo‘yish, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalarni, shuningdek “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari mazmun-mohiyati aholining keng qatlamlari o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibotini olib borish ko‘zda tutilgan.
Rasmda Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati tomonidan G‘ijdon MFYda tashkillangan tadbirdan lavha.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment