Maktabgacha ta’lim muassasalarida tadbirlar o‘tkazildi
Beshariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tumandagi 1 va 12-maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘lib, muassasa xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazdilar.
Tadbirlarda ishtirokchilarga iste’molchining huquq va majburiyatlari, uning huquq va manfaatlari qonun bilan kafolatlanganligi, shuning bilan birgalikda qonundagi huquqlaridan unumli foydalanishi uchun o‘zining majburiyatlarini ham unutmasligi borasida atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuningdek, Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida erishilayotgan natijalar yuzasidan ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining savollariga javoblar qaytarildi.
Tadbirlar doirasida barchaning iste’molchi ekanligidan kelib chiqib, bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilari (jajji iste’molchilar) uchun talab darajasida shart-sharoitlar yaratish, ularga berilayotgan maktabgacha ta’lim sifatini yanada yaxshilash borasida o‘zaro fikr va mulohazalar almashildi.
Rasmda 12-maktabgacha ta’lim muassasasida o‘tkazilgan tadbirdan lavha.
Ulug‘bek Juraev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment