Sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabul o‘tkazildi

Yozyovon tumani Xonobod mahalla fuqarolar yig‘inida hududiy birlashma raisi o‘rinbosari-ijrochi direktor D.Fozilov va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi M.Umarovalarning aholi vakillari bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul doirasida fuqarolarning savdo va xizmat ko‘rsatish, servis xizmatlari, o‘z sog‘liklarini tiklashlarida tibbiy yordam olish, uy-joy bilan ta’minlanish, ishga joylashish, yordam puli, pensiya ta’minoti masalalaridagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etmaydigan murojaatlar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berilib, o‘rganishlarni talab etadigan murojaatlar esa tegishli tartibda o‘rganib chiqilib, hal etish choralarini ko‘rish uchun qayd qilib olindi.

Otabek Millaboev
Hududiy birlashma sektor boshlig‘i

Post Comment