Ta’lim muassasasi xodimlari ishtirokida tadbir tashkillandi
Quva tumanidagi 64-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari ishtirokida «Iste’molchi huquqi qonun himoyasida» mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi xamda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Shuning birgalikda, yuqoridagi qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining sohaga oid masalalardagi savollariga javoblar qaytarildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment