Qonunlar targ‘iboti yuzasidan tadbir o‘tkazildi
Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 37-maktabgacha ta’lim muassasasida «Iste’molchi huquqi qonun himoyasida» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir doirasida yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi xamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar targ‘iboti o‘tkazildi.
Shuning birgalikda, yuqoridagi qonunlar ijrosini ta’minlash, ularning ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida Federatsiya va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham axborotlar berib o‘tilib, tadbir ishtirokchilarining sohaga oid masalalardagi savollariga javoblar qaytarildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment