Aholining huquqiy savodxonligini oshirish bosh maqsadlarimizdan biri

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish bosh maqsadlarimizdan biri

Uchko‘prik tumanidagi 39-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Yuksak iste’mol madaniyati sari» shiori ostida o‘quv seminari o‘tkazildi. Unda maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi-xodimlari ishtirok etdilar.

Aholining huquqiy savodxonligini oshirishni ko‘zlovchi mazkur tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi asoslari, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va rivojlanishi, bugungi kunda mazkur harakat timsoli bo‘lgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirshi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Mazkur yo‘nalishdagi tadbirlar tumandagi 14 va 20-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ham o‘tkazildi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment