Jamoatchilik eshituvi: nega qaytim uchun mayda pullar yetishmayapti?
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 apreldagi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ-474-sonli Qonuni asosida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi mas’ullari ishtirokida jamoatchilik eshituvi tashkillangan edi.
Jamoatchilik eshituvi mavzusi esa aholi (iste’molchilar)ga tovarlar sotib olingach (xizmatlardan foydalangach) naqd pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida naqd pulda qaytim berish o‘rniga turli tovarlar (saqich, konfet, gugurt, qurut, tabletka va boshqalar)ni tiqishtirilishi ommaviy tus olganligi va bu aholining haqli e’tirozlarini keltirib chiqarayotganligidan kelib chiqib, mazkur salbiy holatni bartaraf etish yuzasidan Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilayotganligi bo‘yicha axborotni tinglashdan iborat qilib rejalashtirilgandi.
Quyida e’tiboringizga ana shu tadbir to‘g‘risida Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan videolavhani havola qilamiz.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment