Maktabgacha ta’lim dargohida yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi

Maktabgacha ta’lim dargohida yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi

Uchko‘prik tumanidagi 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkillandi.

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tashkillangan mazkur tadbirda mamlakatimiz iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va rivojlanishi, bugungi kunda mazkur harakat timsoli bo‘lgan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy organlari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirshi borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborotlar berib o‘tildi.

Tadbir doirasida ishtirokchilarga yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Nargizaxon Sheraliyeva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment