Kreditga berilgan yosh qoramol nobud bo‘ldi

Kreditga berilgan yosh qoramol nobud bo‘ldi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimidagi tashkilotlarga fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar kelib turibdi. Oltiariq tumani Bozorboshi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi A. Rasulovaning murojaati ham shular jumlasidandir.

Fuqaro o‘z murojaatida bayon etishicha uning oilasi temir daftarda turganligi sababli ularga imtiyozli kredit shartlari asosida bolasi bilan bir bosh sigir ajratilgan. Lekin hech qancha vaqt o‘tmay kasalligi bo‘lgan yosh qoramol (sigirning bolasi) nobud bo‘lgan. Shu sababli fuqaro oilaviy sharoiti biroz qiyin bo‘lganligi uchun tegishli tashkilotlarga yordam so‘rab murojaat qilgan.

A. Rasulovaning murojaatini tuman jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganish jarayonida sigirni yetkazib bergan “Ibodatxon Oltiariq savdo” fermer xo‘jaligi rahbari bilan uchrashilib, u bilan amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuzasidan suhbatlashildi. Natijada amaldagi qonunchilik, shuningdek fuqaroning oilaviy sharoitini to‘g‘ri tushunib yetgan fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan oilaga bir bosh yosh qoramol ajratilishiga erishildi.

Baxtiyor Abduraxmonov
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati raisi

Post Comment