Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun huquq aktsiyasi
Bugun viloyat adliya boshqarmasi tomonidan xayrli bir tashabbusga qo‘l urildi. Nogironligi bo‘lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun huquq aksiyasi tashkillandi.
Ikki bosqichli mazkur tadbirning birinchi bosqichi doirasida ishtirokchilarni eng ulug‘, eng aziz bayram mamlakatimiz Mustaqilligining 30 yilligi bayrami bilan qutlandi hamda ularga adliya boshqarmasi va bir qator homiylar tomonidan ajratilgan sovg‘alar taqdim etildi. Ushbu jarayonda hududiy birlashma mas’ul xodimlari hududiy birlashma tomonidan ajratilgan sovg‘alarni ham egalariga yetkazdilar.
Shundan so‘ng, tadbirning ikkinchi bosqichiga o‘tilib, unda ishtirokchilar xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar, advokatlar, Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, sog‘liqni saqlash, bandlik bosh boshqarmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi xodimlari, psixologlar va boshqa mutaxassislardan bepul huquqiy maslahatlar va tushuntirishlar oldilar.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment