Sifatsiz mobil qurilmaning puli qaytarildi
Namangan viloyati Pop tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ijro apparatida “Iftixor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqaro O.E.ning murojaati o‘rganildi.
Murojaat muallifiga ko‘ra, u Pop shahrida joylashgan uyali aloqa qurilmalarini sotish do‘konidan 780000 (Etti yuz sakson ming) so‘mga sotib olgan SAMSUNG J7 rusumli uyali aloqa telefoni sifatsiz chiqqach, savdo do‘koniga bu boradagi e’tirozlarini bildirib, o‘z qonuniy huquqlarini ro‘yobga chiqara olmagan.
Murojaatni tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada fuqaroga sotilgan sifatsiz mobil qurilmani sotuvchiga, tovar uchun to‘langan pul summasini esa iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.
Gulmira Bozarova
Pop tuman IHHQJ mutaxassisi
Post Comment