Tayanch guruhi a’zolari bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkillandi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hodimlari shahar hududidagi tashkilot, korxona va muassasalarda tashkil etilgan tayanch guruhi a’zolari ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan turli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelmoqdalar.
Shunday tadbirlardan biri shahardagi 6-oilaviy poliklinikada tashkil etilgan tayanch guruhida “Iste’molchilik sohasidagi huquqlarimizni qay darajada bilamiz?” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Shahar jamiyati raisi Abdusattorbek No‘monov mavzu yuzasidan ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berdi.
Tadbir davomida muassasa hodimi N.S. tomonidan xonadonidagi gaz hisoblagich va elektr hisoblagich uskunasi bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammosi tinglanilib, nazoratga olindi. Yana bir masala yuzasidan tayan guruhi faoli so‘zga chiqib, xonadoniga chiqindilarni tashib ketuvchi korxona tomonidan noreal qarzdorlik kelayotganligi, ushbu masalada xizmat ko‘rsatuvchilar tomonidan ijobiy yechim topilmayotganligi haqida ma’lum qildi. Ko‘tarilgan masalalar nazoratga olinib, boshqa hodimlarni qiziqtirgan savollarga ham javoblar qaytarildi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment