Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilyapti

Qo‘qon shahridagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilyapti

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari hududdagi ta’lim muassasalarida xodimlari bilan ochiq, yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazmoqdalar.

Tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, Federatsiyaning tayanch guruhlari tashkillangan ta’lim muassasalarida tayanch guruhi a’zolari holidan xabar olish, tashkillanmagan muassasalarda xodimlar (iste’molchilar)ni iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini yanada oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, aholining keng qatlamlarini sohaga oid yangiliklardan xabardor qilish va boshqalardan iborat.

Tadbir doirasida aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilmoqda, huquqiy maslahatlar berilmoqda, shuningdek qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar tegishli ravishda qayd qilib olinib, ularni hal qilish choralari ko‘rilmoqda.

Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment