Tayanch guruhlari faoliyatini jonlantirish yo‘lida
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tuman hududidagi tashkilot, korxona va muassasalarda tizimli asosda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan turli ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazib kelmoqdalar.
Shunday tadbirlardan biri tumandagi 26 – davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida «Bosh maqsadimiz – istemolchilarning huquqiy ongi va iste’mol madaniyatini oshirish» mavzusida tashkillandi.
Tadbirda tuman jamiyati mutaxassisi Qahramon O‘rinov mavzu yuzasidan ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berdi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardi.
Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tumani IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment