Biz barchamiz iste’molchimiz
Shu mavzuga qaratilgan o‘quv seminarlari Toshloq tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 5,6, va 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tdi.
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari o‘tkazilgan tadbirlarda yuqoridagi tashkilotlarning xodimlariga mavzu doirasida keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Asosiy maqsad esa, O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining tayanch guruhlari tashkillangan muassasalarda uning a’zolari holidan xabar olish, tashkillanmagan muassasalar xodimlarini iste’molchilik ijtimoiy harakatiga jalb qilish va ularning huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini yanada oshirishga qaratildi. Qolaversa, ishtirokchilarning sohaga oid yangiliklardan xabardor qilish masalalari ham o‘quv seminarlarida ilgari surildi.
Joylarda ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslaxatlar berildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment