Muloqotlar o‘tkazilmoqda
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari amaldagi iste’molchilik sohasiga oid qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, Federatsiya va hududiy birlashmaning jamoatchilik nazorati olib borish borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi 9-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi xodimlari bilan muloqot o‘tkazdilar.
Ushbu tadbirlarda favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda sanitar-epidemilogik osoyishtalik va jamoat salomatligi saqlash xizmatining tumandagi mas’ullari tuman ajmiyati bilan hamkorlikda ishtirok etayotganligi tadbirlar samaradorligini yanada oshirmoqda. Muloqotda ta’lim tashkilotlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari ijrosi qay darajada ta’minlanayotganligi, ishchi-xodimlar, maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazib olish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikdagi sohaga oid yangiliklar muhokama qilindi.
Muloqot doirasida ta’lim tizimi xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Shunday hamkorlikdagi tadbir tumandagi 23-umumta’lim maktabida ham o‘tkazildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment