Oltiariq tuman jamiyati raisi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Baxtiyor Abduraxmonov ishtirokida tuman jamiyatining 2021 yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda joriy yilga mo‘ljallangan rejalariga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Brifingda so‘z olgan B.Abduraxmonov unda ishtirok etgan jamoatchilik vakillari e’tiboriga o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berib o‘tar ekan, shuning bilan birgalikda mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatining bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan mazkur harakatni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tuman jamiyati tomonidan joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar xususida tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi.
Tadbirning ikkinchi yarmida faoliyat yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tuman jamiyati raisi va mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.
Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment