Mahalla ahli bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mahalla ahli bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari hududdagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishib, u yerda mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.

Muloqot avvalida ishtirokchilarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, shuningdek sohaga oid yangiliklar to‘g‘risida axborotlar berib o‘tildi. Jumladan, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan olib borilayotgan jamoatchilik nazorati, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasidagi ishlar xususida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning iste’molchilik sohasiga oid murojaatlari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Shavkatjon Saidov
Yozyovon tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment