Boshlang‘ich tashkilot faoliyatini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi
Beshariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJ Beshariq tuman bo‘limida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda keng jamoatchilik ishtirokini ko‘zda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining 414-sonli qarori va undan kelib chiquvchi vazifalar muhokama qilindi.
Tadbirda so‘z olganlar iste’molchilik sohasi bilan bog‘liq amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda jamoatchilmik ishtirokining, xususan jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga daxldor qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borishda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlarini tutgan o‘rni va rollari xususida fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Erkin fikr va mulohazalar bildirish hamda savol-javob tarzida tashkillangan mazkur tadbir doirasida ishchi-xodimlar suv ta’minoti idorasida ishlashlari barobarida iste’molchilar uchun shartnomaning ikkinchi tomoni hisoblanuvchi xizmat ko‘rsatuvchi vazifasida bo‘lsalarda, lekin o‘zlari ham kundalik hayotda boshqa tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning iste’molchilari hisoblanishlari, iste’molchilik huquqlari buzilganda esa ular murojaat qilishlari mumkin idora va tashkilotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.
Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment