Iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida

Iste’mol madaniyatini oshirish yo‘lida

Toshloq tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbat “Biz barchamiz iste’molchimiz” mavzusiga bag‘ishlandi.

Davra suhbati shaklida tashkillangan tadbirda tashkilot xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni va iste’molchilik ijtimoiy harakatining asosiy maqsad va vazifalari haqida tushuntirishlar berildi. Bu borada O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdilar. Hamda jamoani ham mazkur harakatning faol ishtirokchilari safida bo‘lishga chaqirdilar.

Davra suhbati ishtirokchilariga iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilgan taqdirda Federatsiyaning hududiy organlariga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari batafsil tushuntirilib, bu borada tuman jamiyatida iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.

Shuningdek soha xodimlarining mavjud muammolari ham o‘rganilib yechimi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment