Quvada tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi tadbirlari avjida

Quvada tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi tadbirlari avjida

Federatsiyaning “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘iga asosan Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq Quva tumanida tayanch guruhlari faollari va a’zolari ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillanmoqda.

Tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tayanch guruhlari a’zolariga Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tish, Federatsiya a’zolarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarish, ularni sohaga oid masalalardagi muammolarini tinglash, sohani yanada rivojlantirish masalalarida o‘zaro fikr va mulohazalar almashib borishdan iborat.

Bugun mazkur tadbirlar tumandagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkillangan tayanch guruhi faollari ishtirokida ham o‘tkazildi.

Feruza Umurzaqova
Quva tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment