Uchrashuvlarda tizim faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi fikr va mulohazalar o‘rganilmoqda

Uchrashuvlarda tizim faoliyatini yanada yaxshilash borasidagi fikr va mulohazalar o‘rganilmoqda

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan “Tayanch guruhlari bilan ishlash” oyligi doirasida tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud tayanch guruhlari faollari va a’zolari bilan tizimli ravishda uchrashuvlar o‘tkazib borilmoqda. Navbatdagi uchrashuv tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida bo‘lib o‘tdi.

Bo‘limda faoliyat ko‘rsatayotgan tayanch guruhi faollari va a’zolariga Federatsiya va uning joylardagi hududiy tuzilmalari orqali fuqarolar manfaati yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar, oldinda turgan rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonuniga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ham tushunchalar berib o‘tildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan berilgan savollarga tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarilib, mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi. Bu kabi uchrashuvlar natijasida erishilayotgan yutuqlardan biri esa, albatta, Federatsiya faollari va a’zolarining tizim faoliyatini yanada yaxshilash yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini ham o‘rganib borilayotganidir.

Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment