Press-tur tashkillandi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi 2022 yilning 2-choragida o‘tkaziladigan media tadbirlar rejasi asosida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Vodil qishlog‘iga press-tur tashkilladi.
Press-tur davomida Federatsiyaning Farg‘ona tuman jamiyati tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, shuningdek hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida aholiga iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) realizasiya qilish jarayonlari, bunda O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuniga 2022 yil 18 yanvardagi 746-son qonun bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning amaliyotga joriy qilinishi holatlari bilan tanishildi.
Tadbir doirasida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, xo‘jalik mollari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni realizasiya qilayotgan savdo ob’ektlari rahbar va mas’ul xodimlariga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunosti me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment