Ko`krak nishonlari topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan bir qator rahbar, mas’ul xodim, ishchi-xizmatchi va mehnat faxriylari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi Farmoni bilan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar.
Shularning qatorida hamkasblarimiz – O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi raisi Raxmonaliyev Ahrorjon Asqaraliyevich hamda hududiy birlashma sektor boshlig‘i G‘ayrat Mamatqulovlarning ham borligi bizni benihoya mamnun qildi.
Fursatdan foydalanib barcha yurtdoshlarimizni asosiy qonunimiz qabul qilinganining 30 yilligi bayrami munosabati bilan muborakbod etamiz.
Hududiy birlashma jamoasi
Post Comment