Iste’molchi zimmasida qolib kelgan asossiz qarzdorlik bartaraf etiladigan bo‘ldi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning Turon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Z. Madaminovning shahar Prokuraturasiga qilgan yozma murojaatini tegishliligi bo‘yicha o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilishga erishildi.
Murojaatchi ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan xonadoniga hisoblangan 93 000 (to‘qson uch ming) so‘m noreal qarzdorlikni bir necha oydan buyon «Farg‘ona suvta’minoti» MChJ Marg‘ilon shahar filiali tomonidan bartaraf qilinmasdan kelayotgani va ushbu holat fuqaroning ishxonasida hamda ichimlik suvi ta’minotidan foydalanishida muayyan noqulayliklar tug‘dirayotganidan noroziligini bildirgan.
Murojaat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida suv ta’minoti korxonasi mas’ullariga qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi hamda asossiz qarzdorlikni iste’molchi zimmasidan olib tashlash uchun lozim bo‘lgan hujjatlar korxona mas’ul xodimi tomonidan Billing dasturiga tasdiqlash jarayoniga kiritildi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment