O‘rganishlar qarzdorlik summalari asossizligini ko‘rsatdi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxasislari tomonidan Po‘stindo‘z ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi Ye. Grushinaning shahar prokuraturasiga yozma murojaati tegishliligi bo‘yicha o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, unga asossiz ravishda “Hududgaz Farg‘ona» gaz ta’minoti filiali shahar bo‘limi tomonidan 959500 so‘m miqdorida, “Farg‘ona suvta’minoti” MChJ shahar bo‘limi tomonidan esa 36175 so‘m qarzdorliklar hisoblanayotgan ekan. U o‘z murojaatida bu kabi to‘lovlarni muntazam to‘lab borishini ham bildirib o‘tgan.
Murojaatni o‘rganish ishlari davomida iste’molchining e’tirozlari o‘rinliligi va yuqoridagi har ikki tashkilot tomonidan hisoblangan qarzdorliklar noreal qarzdorlik ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish natijalari bilan ushbu qarzdorliklar bo‘yicha to‘lov majburiyatlari iste’molchining zimmasidan soqit qilinadigan bo‘ldi.
Muhammadjon O‘lmasov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment