Iste’molchi muammosi hal etildi
Bu yil anomal sovuq kelishi natijasida aholining ko‘mir yoqilg‘isiga bo‘lgan talabi yana ham oshganligi haqiqat. O‘z-o‘zidan bunday holatda aholiga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib berilayotgan ko‘mir yoqilg‘isiga ham navbatlarni har yilgidan-da oshib ketishiga olib keldi.
Shunday muammoga duch kelgan Toshloq tuman Chek mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N. Ahmedov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib amaliy yordam so‘ragan. Uning aytishicha, uzoq muddatdan keyin ham navbati kelmaganligi sababli haligacha ko‘mir ololmagan.
Masalaga oydinlik kiritish maqsadida tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xodimlari bilan o‘rganishlar olib borilib, muammoning yechimi topildi va fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, unga 0,5 tonna arzonlashtirilgan ko‘mir yoqilg‘isini olishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shoxistaxon Raximova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment