Shahar jamiyati aralashuvi bilan muammo o‘rnida bartaraf etildi

Shahar jamiyati aralashuvi bilan muammo o‘rnida bartaraf etildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga bir guruh fuqarolar o‘zlari istiqomat qilayotgan hududda ichimlik suvi quvuri yorilganligi, lekin ularning bu boradagi murojaatlari e’tiborsiz qolayotganligi holati yuzasidan murojaat qilganlar.

Fuqarolarga ko‘ra, ushbu avariya holat shaharning Beruniy ko‘chasi 22-uy yonida kuzatilib, ular bu haqda ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga murojaat qilgan bo‘lsalarda, muammoni bartaraf qilinishiga erisha olmaganlar. Shundan so‘ng shahar jamiyatiga og‘zaki ravishda murojaat qilinib, amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgan.

– Biz Beruniy ko‘chasida yashovchi aholi hududimizda ichimlik suvi quvuri yorilib ketib, hamma joyni suv bosganligi to‘g‘risida shahar ichimlik suv ta’minoti korxonasiga murojaat qildik, lekin bu murojaatimiz hech qanday natija bermadi. Shundan so‘ng Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildik. Murojaatimiz o‘sha kunning o‘zida o‘rganilib, yuzaga kelgan muammoni bartaraf qilishga kerakli texnika va mutaxassislar jalb qilindi va muammo ijorbiy hal qilib berildi, – deyiladi fuqarolarning o‘z murojaatlarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha shahar jamiyati raisi nomiga bergan minnatdorchilik xatida.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Post Comment