Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlar bepul bartaraf ettirib berildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Yangi Chorsu ko‘chasida istiqomat qiluvchi E.Q.ning xarid qilingan maishiy texnikada nuqson chiqqanligi holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi shahardagi «Ishonch» kredit savdo do‘konidan maishiy texnika buyumlarini xarid qilish bo‘yicha 4 mln so‘mlik muddatli to‘lov shartnomasini imzolagan. Mazkur shartnoma asosida xarid qilingan LG VC83209UHA rusumli chang yutgich muayyan vaqt davomida xonadonda foydalanib kelish jarayonida qizib, hid chiqarib ishlay boshlagach, sotuvchiga ushbu masaladagi e’tirozlarini bildirgan bo‘lsada, tomonlar ushbu masala bo‘yicha murosaga kela olmaganlar. Shundan so‘ng iste’molchi amaliy yordam so‘rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat kredit savdo do‘koni mas’ullari ishtirokida o‘rganilishi jarayonida iste’molchining tovardagi nuqson yuzasidan bildirgan e’tirozi o‘rinli ekanligi isbotini topdi hamda «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasidagi tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi tomonidan bepul bartaraf etib berilishi bo‘yicha normasi qo‘llanilib, istemolchining chang yutgichidagi nuqsonlar bartaraf etildi va soz holda unga topshirildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment