Fuqaroning qarzdorlik summasiga aniqlik kiritib berildi

Fuqaroning qarzdorlik summasiga aniqlik kiritib berildi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Maorif» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi Yo.I. ning chiqindilarni olib chiqib ketuvchi korxona tomonidan xonadoniga asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligi va uni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’mochiga ko‘ra, xonadonga tashrif buyurgan chiqindilarni tashib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxona mas’ul xodimi ushbu xonadonda 3 kishi emas, balki 10 nafar shaxs istiqomat qilishini, ular bu ma’lumotlarni ichki ishlar idoralaridan olganliklarini aytib, chiqindilarni olib ketish xizmatlaridan xonadonning 125 000 so‘m qarzdorligi borligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng fuqaro pasport stoliga borib xonadonda yashovchi va ro‘yxatda turuvchi shaxslar soniga aniqlik kiritishga uringan.

O‘rganish davomida mazkur masalada ushbu hududga xizmat ko‘rsatuvchi «Vodiy maxsus sanitar servis» MChJ olingan javob xatida xonadon, haqiqatda ham, 2023 yilning oktyabr oyiga qadar 3 kishi uchun to‘lovlarni amalga oshirib kelganligi, lekin O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.02.2019 yildagi 95-sonli qarori bilan tasdiqlangan Qoidalarga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, undagi “haqiqatda birga istiqomat qiluvchilar” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslar” so‘zlariga o‘zgartirilganligidan kelib chiqib o‘tkazilgan inventarizasiya jarayonlarida mazkur xonadonda 10 nafar shaxslar ro‘yxatda turishi ma’lum bo‘lgach bu haqda xonadon egalari xabardor qilinganligi, lekin fuqaroning ichki ishlar idorasiga ushbu masaladagi murojaati asosida xonadonda haqiqatda 6 nafar shaxslar ro‘yxatdan o‘tgan holda birgalikda istiqomat qilayotganliklari ma’lum bo‘lgach, hisob-kitoblar 6 nafar shaxsga qaytdan hisob-kitob qilinishi bilan xizmatlardan 57 500 so‘m qarzdorlik hisoblanganligi ma’lum qilingan.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bilan fuqaroga yuqorida nomi zikr etilgan Qoidalar asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasi bilan o‘zi murojaatida ko‘rsatib o‘tgan 125 000 so‘m emas, balki 57 500 so‘m to‘lashi kerakligi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, javob xati yuborildi.

Muhammadaziz Isaqov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment