Aholini ro‘yxatga olish jarayonida uy xo‘jaligi va oilalarning xususiyatlarini aniqlash

Aholini ro‘yxatga olish jarayonida uy xo‘jaligi va oilalarning xususiyatlarini aniqlash

Uy xo‘jaligi va oilalarning tarkibini mutlaqo turli nuqtai nazarlardan o‘rganish mumkin. Uy xo‘jaliklariga tegishli belgilarni ko‘rib chiqishda uy xo‘jaligi va oilalarga tegishli turli kontsepsiyalar bilan tanishib chiqish zarur. Ro‘yxatga olish dasturidagi bir qator belgilar (avtoulov va maishiy qulayliklarning borligi kabi) individual daraja ma’lumotlariga emas, ko‘proq oila yoki uy xo‘jaligi darajasining ma’lumotlariga taalluqli. Ko‘p mamlakatlarda oila va uy xo‘jaliklarining tashkil topish modeli evolyusiyani boshdan kechirmoqda, shu sababdan, ro‘y berayotgan strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganish juda muhim.

«Odatiy yashash joyi» belgisini uy xo‘jaligi a’zoligini aniqlash uchun asos sifatida ishlatish tavsiya qilinadi. Agar faqat yuridik yashash joyi to‘gʼrisida ma’lumot mavjud bo‘lsa (ya’ni odatiy yashash joyi haqida ma’lumot bo‘lmasa), bu ma’lumot shu shart bilan ishlatilishi mumkinki (boshqa manbalar bilan birga yoki alohida), u odatiy yashash joyini yetarlicha aniq aks ettiradi.

Xususiy uy xo‘jaligining mazkur kontsepsiyasi “xo‘jalikni birgalikda yurgizish” kontsepsiyasi nomi bilan mashhur va xususiy uy xo‘jaliklarining soni yashash birliklarining soniga teng bo‘lishini nazarda tutmaydi. Bu kontsepsiya doirasida tegishlicha holatlarda «pansioner» va «kvartirant» atamalari o‘rtasidagi farqni belgilash foydali. Pansionerlar xususiy uy xo‘jaligida ovqatlanishi va odatga ko‘ra u yerdagi barcha jihozlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Shu sababli, ular uy xo‘jaligining a’zosi sifatida, quyida keltirilgan ta’rifga ko‘ra qaralishi lozim. Kvartirantlar boshqa tomondan o‘zining shaxsiy foydalanishi uchun yashash birligining biror qismini ijaraga oladi. Shunga ko‘ra, ular boshqa uy xo‘jaligi tarkibiga kiritiladi, hatto bitta yashash birligida birga istiqomat qilsa ham.

Ayrim davlatlar, ehtimol, “xo‘jalikni birgalikda yurgizish” kontsepsiyasi asosida uy xo‘jaligi to‘gʼrisida ma’lumot to‘play olmasligi mumkin, masalan, ular o‘tkazayotgan ro‘yxatga olish registrlarga asoslansa. Bunday davlatlarning ko‘pchiligi boshqa kontsepsiya, ya’ni «birgalikda yashash» kontsepsiyasidan foydalanishadi, unda bitta yashash birligida yashovchi hamma shaxslar aynan bitta uy xo‘jaligi a’zolari hisoblanadi, va shu o‘rinda bitta uy xo‘jaligi bitta yashash birligini egallaydi, deb tushuniladi va egallanadigan yashash birliklari u yerdagi uy xo‘jaliklari soniga teng bo‘ladi.

Sh. Abdubannonov,
Furqat tumani Ctatistika bo‘limi boshlig‘i.

Post Comment