Nuqsonli mobil qurilma xuddi shu rusumdagi va maqbul sifatdagisiga almashtirildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida qo‘shni Dang‘ara tumanida yashovchi M.M. ning shahardagi kredit savdo do‘konidan xarid qilingan mobil telefon nuqsonli chiqqanligi va sotuvchidan uni almashtirib olishda muammoga duch kelayotganligi xususidagi og‘zaki murojaat o‘rganib chiqildi.
Iste’molchi o‘z murojaati bo‘yicha tushuntirishlar berish jarayonida shaharda faoliyat olib borayotgan «Ishonch» savdo do‘konidan shartnoma qiymati 6 069 000 so‘m bo‘lgan Samsung A-54 rusumli telefonni xarid qilganligini, lekin unda nuqson aniqlangach, mobil qurilmani maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishi borasida do‘kon mas’ullariga qilgan murojaatlari bilan ijobiy natijaga erishi olmayotganligini ma’lum qiladi. Telefonni maqbul sifatdagisiga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Murojaatlarni o‘rganishda boshqa holatlarda ham bo‘lgani kabi, ushbu masalaga shahar jamiyati mutaxassislari aralashuvi va olib borilgan qonun targ‘iboti ishlari tezdagina o‘z natijasini ko‘rsatdi. Sotuvchi tomonidan amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqib, uyali aloqa vositasi xuddi shu rusumdagi mobil qurilmaga almashtirib berildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment