Jamoatchilik nazorati tadbirlari

Jamoatchilik nazorati tadbirlari

Hududiy birlashma ishchi guruhi tomonidan Federatsiyaning iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishini ta’minlash, aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, xususan, sertifikatlanmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, kontrafakt va iste’molga yaroqsiz tovarlarni ishlab chiqarilishi va realizasiya qilinishi holatlariga chek qo‘yishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, viloyat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda, Quvasoy shahri va Quva tumanlarida tanlama asosda jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlar davomida Quvasoy shahrida umumiy qiymati 892 000 so‘m bo‘lgan 11 turdagi yaroqlilik (saqlash) muddatlari o‘tgan hamda 5 turdagi umumiy qiymati 142 000 so‘m bo‘lgan ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlari, Quva tumanida esa umumiy qiymati 653 000 so‘m bo‘lgan 13 turdagi yaroqlilik (saqlash) muddatlari o‘tgan oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olindi. O‘rganishlar yakunlari bo‘yicha tegishli, maxsus vakolatli davlat idoralariga vakolatlari doirasida chora-tadbirlar ko‘rilishini so‘rab ma’lumotnomalar kiritib boriladi.

Post Comment