Iste’molchi haqdor ekan

Iste’molchi haqdor ekan

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi «Sadda» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro N. Yu. ning “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Toshloq tuman filiali xizmatidan norozi bo‘lib bergan arizasi o‘rganildi.

Unga ko‘ra, murojaatchi yashash xonadonidagi ichimlik suvidan asossiz 345 693 so‘m qarzdorlik belgilanganligi aytib o‘tilgan. Ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Toshloq tuman filiali bilan hamkorlikda o‘rganilganda, iste’molchi arizasida ko‘rsatilgan vajlar o‘z isbotini topib, belgilangan 345 693 so‘m asossiz qarzdorlik bekor qilindi. Shuningdek, o‘rganish davomida iste’molchining 5000 so‘m miqdorida oldindan to‘lovdaligi ham ma’lum bo‘ldi.

Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment