Qo‘shtepada targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Qo‘shtepada targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Federatsiya Ustavi, ichki tartibiy hujjatlari ijrosini ta’minlash, hududda iste’molchilarning sohaga oid huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan tizimli asosda ishlar olib borilmoqda.

Xususan, tuman jamiyati xodimlari hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalarda bo‘lib, ishchi xodimlar o‘rtasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslarini targ‘ibotini olib bormoqdalar. Tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Loyson, Qorajiyda, Solijonobod va 96-oilaviy shifokorlik punktlari tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlari shular jumlasidandir.

Tadbirlar doirasida iste’molchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan – O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyalari federatsiyasi va uning hududiy organlari faoliyati, mazkur ijtimoiy harakatda ishtirok etish va Federatsiyaga a’zolikning ijobiy tomonlari ham atroflicha tushuntirilib, ushbu muassasalarda Federatsiyaning boshlang‘ich tashkilot (tayanch guruh)lari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ma’rifatxon Saidova,
tuman jamiyati raisi.

Post Comment