Iste’molchi qarzdor emas, haqdor bo‘lib chiqdi

Iste’molchi qarzdor emas, haqdor bo‘lib chiqdi

Farg‘ona tuman «Navro‘z» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.O.ning tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasi xizmatlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida 2023-yilning 7-iyul kunida xonadoniga suv hisoblagich o‘rnatilganligi, o‘sha vaqtda kelgusi iste’mol uchun 104 000 so‘m oldindan to‘lovni amalga oshirgani va foydalanib kelayotgani, lekin joriy yilning iyul oyida xonadoniga tashrif buyurgan ichimlik suvi ta’minoti korxonasi xodimi uning iste’mol qilingan ichimlik suvi to‘lovlaridan 550 000 so‘m qarzdorligi mavjudligini ma’lum qilganini, korxonaga borib masalaga to‘liq oydinlik kirita olmaganini ma’lum qilib, masalani qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Murojaatni o‘rganish jarayonida «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Farg‘ona tuman filialiga kiritilgan so‘rov xatiga, xonadondagi suv hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha 45 metr kub suv iste’mol qilingani, iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lov 105 metr kubga qadarni tashkil etishi va u oldindan to‘lovdaligi hamda asossiz qarzdorilk summasi bartaraf qilingani ma’lum qilindi. Iste’molchiga ichimlik suvi to‘lovlaridan asossiz qarzdorlik summasi bartaraf etilgani va abonent 15-avgust holatiga oldindan to‘lovdaligi yozma ravishda ma’lum qilinib, javob xati yuborildi.

Umidaxon Jamolova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment