Bir tovarga ikkita shartnoma rasmiylashtirilib yuborilishi oqibatida iste’molchiga yetkazilgan zarar qoplandi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Xo‘ja Porso» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M. M.ning onlayn savdo vositasida tovar sotib olishi jarayonida undan bir tovar uchun ikki marta mablag‘ olingani va ortiqcha olingan mablag‘ni qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, shu yilning 17 fevralida tovarni onlayn tarzda rasmiylashtirilishi jarayonida yetkazib beruvchi tomonidan bitta tovar uchun ikkita shartnoma rasmiylashtirib yuborilgan. Iste’molchi buni plastik kartasidan pul yechib borilishi jarayonida keyinchalik payqab qolgan. Yuzaga kelgan muammoli holatni o‘z kuchi bilan hal qila olmagach shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Murojaat Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida. haqiqatdan ham, yetkazib beruvchi kur’er tomonidan iste’molchi tovarni xarid qilayotgan vaqtida bir dona yetkazib berilgan tovar uchun ikkita shartnoma tuzilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish davomida yetkazib beruvchi kur’er va ta’minotchi bilan telefon aloqasi orqali bog‘lanilib, ularga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirilishi bilan xarid qilingan «Zepter» rusumidagi go‘sht maydalagichga tuzilgan ikkinchi shartnoma bekor qilinib, istemolchi M. M. hisobidan asossiz ushlab qolingan 2 332 000 so‘m pul mablag‘i uning bank plastik kartasiga qaytarildi.
Avazbek Yusupov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment