Tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik asossizligi sabab bekor qilindi

Tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik asossizligi sabab bekor qilindi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Yuqoriqishloq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.A. ning tuman gaz idorasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi shartnoma asosida №13…..90 hisob raqam orqali tarmoqqa ulanib tabiiy gazdan foydalanib kelishi jarayonida iste’mol qilingan tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amaldagi tartib-qoidalar asosida amalga oshirib kelgan. Biroq 03.09.2024 yil kuni uning hisob raqamiga yillik ko‘rik uchun dalolatnoma asosida 670 000 so‘m qarzdorlik kiritilishi ortidan xonadoni gaz tarmog‘idan avtomatik tarzda uzib qo‘yilgan.

Murojaatni o‘rganish ishlari davomida tuman gaz idorasiga, iste’molchi hisob raqamiga qarzdorlik summasi kiritilishida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarorining 135-bandi talablariga to‘liq amal qilinmaganligi holati yuzasidan, so‘rov xati kiritilgach, muammoni joyida o‘rganilib, yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf qilinishiga erishildi.

Shohistaxon Rahimova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment