«Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari faoliyatidan

«Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonalari faoliyatidan

Bir necha yillardan buyon tizimda Federatsiya markaziy apparati tashabbusi bilan tashkillangan “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning asosiy vazifasi iste’molchilarga bepul huquqiy maslahatlar berish va amaliy yordamlar ko‘rsatishdan iboratdir.

Iste’molchilar bepul huquqiy maslahat va yordamlarni Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotda, ushbu tashkilotlarning xizmat telefonlariga bog‘langan holda, shuningdek Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoni, telegramdagi bot va Federatsiyaning istemol.uz rasmiy saytidagi virtual qabulxona orqali olishlari mumkin.

Federatsiyaning birgina Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tizimidagi tashkilotlar tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligini o‘zida 186 nafar fuqarolarga ushbu yo‘nalishdagi xizmatlar ko‘rsatilgan. Ularning tarkibiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, berilgan bepul huquqiy maslahat va yordamlar kommunal xo‘jalik, savdo, sog‘liqni saqlash, elektr, gaz va suv ta’minoti, aloqa, transport xizmatlari va boshqa shu kabi masalalarni o‘z ichiga olganligini ko‘rish mumkin.

Suratda Federatsiyaning O‘zbekiston tuman jamiyati xodimi D.Rassaev iste’molchi M.Azizovga amaldagi qonunchilikka ko‘ra iste’molchining asosiy huquqlari nimalardan iboratligi haqida tushuntirishlar berib o‘tmoqda.

Post Comment