Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish yo‘lida
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi korxona, tashkilot, idora va muassasalar xodimlari ishtirokida sohaga oid bo‘lgan turli mavzulardagi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Tadbirlarda asosiy e’tibor ishchi xodimlarni mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatida, shuningdek sohaga oid qonunlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati ishlarida faol ishtirok etishga chaqirish, ularning bu boradagi qonunchilik hujjatlari va yangiliklardan xabardorligini ta’minlashga qaratilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri tumandagi 27-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida ham tashkillandi. Tuman jamiyati mutaxassislari ishtirokchilarning iste’molchi sifatidagi kundalik faoliyatlari jarayonida duch kelayotgan turli yo‘nalishlardagi savollariga javoblar qaytarish barobarida, amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdilar.
Husnida Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment