Shahardagi yana bir tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tizimli asosda shahardagi tibbiyot muassasalarida amaldagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazib bormoqda. Shunday tadbirlardan biri shahardagi 8-oilaviy poliklinikada ham tashkillandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va sohaga oid boshqa qonunlar, dunyoda va mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi vua uning kishilik jamiyatida tutgan o‘rni va ahamiyati, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari tomonidan yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini qaror toptirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ijtimoiy harakatning har bir ishchi xodim uchun ahamiyati, unda faol ishtirok etish vositasida ishchi xodim uchun vujudga keladigan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berish barobarida, tibbiyot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi. Tadbir yakunlariga ko‘ra, tibbiyot muassasasi va Federatsiyaning shahar jamiyati o‘rtasida yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini olib borishga kelishib olindi.
Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment