Jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi topshirig‘i asosida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asosida aholiga xususiy tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli tibbiy buyumlar va dori vositalari bilan ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish maqsadida Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi hududiy tashkilotlari tomonidan ham monitoring (kuzatuv, o‘rganish) ishlari o‘tkazib borilmoqda.
O‘rganishlardan asosiy maqsad respublika ichki bozorini qalbakilashtirilgan, sifatsiz (yaroqlilik muddati o‘tgan), davlat ro‘yxatidan o‘tmagan dori vositalari hamda tibbiy buyumlardan himoyalash va ularni sotilishini oldini olish, dori vositalarining ularga belgilangan chakana referent narxlardan yuqori narxlarda sotilishiga chek qo‘yish, aholining hayoti, sog‘ligi va sanitar-epidemiologik xotirjamligi uchun ularga yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishdan iborat.
Iste’molchilardan yuqorida keltirilgan holatlar bo‘yicha murojaat (ariza, shikoyat, taklif)lari bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining respublika bo‘yicha yagona 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki telegram messenjeridagi PotrebitelUz_bot telegram botiga yohud Federatsiyaning istemol.uz rasmiy saytidagi virtual qabulxonaga yo‘llashlarri mumkinligini eslatib o‘tamiz.
Post Comment