Noreal qarzdorlik bartaraf qilinadigan bo‘ldi

Noreal qarzdorlik bartaraf qilinadigan bo‘ldi

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Bo‘ston» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.U.ning ichimlik suvi ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida xonadoniga tashrif buyurgan ichimlik suvi ta’minoti korxonasi xodimining xonadonda iste’mol qilingan ichimlik suvi to‘lovlaridan qarzdorlik mavjudligi, korxonaga borib qarzdorlikka aniqlik kiritib olishi lozimligi haqida aytgani, korxonada esa unga xonadonda 910 000 so‘m qarzdorlik mavjudligi aytilgani, ularda bunday katta miqdorda qarzdorlik bo‘lishi mumkin emasligini bayon qilib, ushbu holatga aniqlik kiritib berilishini so‘raydi.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaat asosida o‘rganishlar olib borish jarayonida tuman ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga ham so‘rov xati kiritildi. Korxonadan olingan javob xatida esa, iste’molchi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar asosida qayta hisob-kitob ishlari olib borilganligi, xonadonning iste’mol ko‘rsatkichlarini oyma-oy kiritib borilmaganligi sababli noreal qarzdorlik kelib chiqqanligi va mazkur noreal qarzdorlik summasi 184 000 so‘mdan iborat bo‘lib, o‘rganish natijalari bilan uni tegishli tartibda bartaraf etilishi ma’lum qilindi.

Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment