Kir yuvish mashinasidagi nuqson bartaraf qilinib iste’molchiga soz holatda topshirildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «To‘g‘onboshi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi T.M.ning 5 000 000 so‘mga xarid qilgan kir yuvish mashinasida kafolat muddati ichida nuqson kelib chiqqanligi va servis markazi tomonidan mazkur nuqsonni bartaraf etib berish ishlari paysalga solib kelinayotganligi xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli yagona ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, «Premier» rusumida bo‘lgan kir yuvish mashinasida shaharda savdo faoliyatini olib borayotgan yakka tartibdagi tadbirkor Aminov Otabekka qarashli savdo do‘konidan sotib olingan. Shahar jamiyati mutaxassislari mazkur rusumdagi texnikalarga servis xizmatlarini ko‘rsatuvchi markaz mas’ullari bilan bog‘lanib, yuzaga kelgan holat bo‘yicha izox so‘ralganda, shoxobchada xodimlar almashuvi, shoxobcha faoliyatini tugatilib qaytadan tashkillanishi bilan bog‘liq holatlar natijasida iste’molchi T.M. tomonidan topshirilgan texnikaga servis xizmati ko‘rsatish ishlari cho‘zilganligini sabab qilib ko‘rsatib, nuqsonni tezkorlikda bartaraf qilish choralari ko‘rilishini ma’lum qildilar.
Servis markazi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan kir yuvish mashinasi undagi nuqson suv nasosi bilan bog‘liqligini aniqladi hamda uni buyurtma berish vositasida keltirilib, maishiy texnikadagi nuqson bartaraf etildi va iste’molchiga soz holatda topshirildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment